Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24 yildan beri ilk bor «Formula-1» Gran-prisida fransuz g‘alaba qozondi

24 yildan beri ilk bor «Formula-1» Gran-prisida fransuz g‘alaba qozondi

Foto: «EPA-EFE/Mark Thompson / Pool»

Fransiyaning «Alfa Tauri» haydovchisi Per Gasli Italiyada «Formula-1» Gran-prisini qo‘lga kiritdi. Mazkur bosqich «Monsa» avtodromida bo‘lib o‘tdi. Ispaniyalik Karlos Sayns («Maklaren») ikkinchi, kanadalik Lens Stroll («Reysing Poynt») uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi. Gaslining «Alfa Tauri» bo‘yicha sherigi rossiyalik Daniil Kvyat esa finish chizig‘ini to‘qqizinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bu haqda «TASS» xabar bergan.

Gasli karerasida birinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘g‘ri, podiumga avval ham ko‘tarilgan. 2019-yil Braziliya Gran-prisida ikkinchi o‘rinni zabt etgandi. Gasli, shuningdek, 1996-yildan beri mazkur bosqichda g‘alaba qozongan birinchi fransuz hisoblanadi. O‘shanda Monako Gran-prisida Olive Panisga bas keladigani topilmagan. Keyingi bosqich Toskana Gran-prisi bo‘ladi. U ham Italiyada 11-13-sentyabr kunlari «Mujello» trassasida o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring