Toshkent metrosida 22 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
Bugun, 14 aprel kuni Toshkent metropolitenining Pushkin bekatida 2000 yilda tavallud topgan fuqaro A.B (erkak) qasddan poyezd yo‘lagiga o‘zini tashlagan.
Metropoliten axborot xizmatiga ko‘ra, 5 daqiqa poyezdlar harakati to‘xtatilgan, mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida yo‘lovchi omon qolgan. Ichki ishlar hamda metropoliten xodimlari tomonidan hech qanday jarohatsiz qutqarib olindi.
Qayd etilishicha, batafsil ma’lumot o‘rganish ishlari yakunlangach taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter