Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22 mart. Mirzo Ulug‘bekning tavallud kuni, Galileyning tazarrusi, qullikning bekor qilinishi, birinchi kinofilm va taksilar, Eronning «qayta tug‘ilishi» va boshqa voqealar

22 mart. Mirzo Ulug‘bekning tavallud kuni, Galileyning tazarrusi, qullikning bekor qilinishi, birinchi kinofilm va taksilar, Eronning «qayta tug‘ilishi» va boshqa voqealar

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Butunjahon suv resurslari kuni
  • Xalqaro taksichilar kuni
  • Xalqaro Boltiq dengizi kuni

Voqea-hodisalar

XIX asrgacha

  • 1613-yil — bir guruh insonlar Angliyadan Amerikaga yo‘l olishdi va u yerda Boston shahrini qurishni boshlashdi.
  • 1633-yil — Jordano Brunoga o‘lim hukmi o‘qilgan joyda Galileo Galiley tiz cho‘kib o‘z ilmiy tadqiqotlaridan voz kechdi. Ertasiga unga afv sifatida papa inkvizitsiya qamog‘ini surgunga almashtirdi.
  • 1675-yil— Angliya qiroli Karl II Grinvichda Qirollik observatoriyasiga asos soldi. Observatoriya orqali o‘tgan meridianni ingliz dengizchilari nulinchi meridian sifatida qo‘llay boshlashadi. XIX asr oxiriga kelib xalqaro hamjamiyat ham Grinvichni nulinchi meridian sifatida tan oldi.
  • 1772-yil — Angliyada qullik qonundan tashqari deb e’lon qilindi.

XIX asr

  • 1841-yil— AQShda kraxmal uchun patent olindi.
  • 1874-yil— dunyodagi ilk katta tennis bo‘yicha musobaqa AQShda o‘tkazildi.
  • 1888-yil— Londonda yig‘ilgan o‘n ikki futbol klubi vakillari Angliya futbol ligasiga asos solishdi.
  • 1895-yil— tarixda birinchi marta kinofilm omma uchun Parijda namoyish etildi. Bu aka-uka Lyumerlarning «Ishchilarning zavoddan chiqishi» filmi edi.

XX asr

  • 1902-yil — Britaniya va Forsiya Yevropa va Hindistonni telegraf liniyasi bilan bog‘lash bo‘yicha shartnoma tuzadi.
  • 1904-yil — Londonning «Illyustreyted Mirror» gazetasida dunyoda birinchi bo‘lib rangli surat chop etiladi.
  • 1907-yil— London ko‘chalarida hisoblagichli birinchi taksilar paydo bo‘ldi. Shahar transportining ushbu turi nomi ham taksimetrlar nomidan olingan (fransuzcha «taxe» — «to‘lov», grekcha «metron» — «o‘lchash»).
  • 1935-yil— Fors davlati rasman Eron deb atala boshlandi.
  • 1945-yil— Qohirada Arab davlatlari ligasiga asos solindi. Liga tarkibiga birinchilar qatorida Misr, Suriya, Livan, Iroq, Transiordaniya (hozirgi Iordaniya), Saudiya Arabistoni va Yaman kirgan.
  • 1995-yil— fazoda bo‘lish davomiyligi (437 sutka va 18 soat) bo‘yicha rekord o‘rnatgan Valeriy Polyakov Yerga qaytdi.

Tavallud kunlari:

  • 1181-yil— Ibn al-Farid, arab shoiri (1235-yili v.e.).
  • 1394-yil— Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay, Movaraunnahr va Turkiston hukmdori, buyuk o‘zbek astronomi va matematigi (1449-yili halok bo‘lgan).
  • 1599-yil— Anton van Deyk, flamand rassomi (1641-yili v.e.).
  • 1768-yil— Brayan Donkin, ingliz muhandisi, qog‘oz ishlab chiqaruvchi stanokni ixtiro qilgan (1855-yili v.e.).
  • 1788-yil— Per-Jozef Pellete, fransuz kimyogari, alkaloidlar kimyosi asoschisi (1842 yili v.e.).
  • 1913-yil Sabiha Gyokchen, qiruvchi samolyotni boshqargan dunyodagi birinchi ayol uchuvchi, Otaturkning sakkiz nafar tutingan qizlaridan biri (2001-yili v.e.).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring