2026-yilgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi
Bugun, 13-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida JCh-2026ni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar natijalari e’lon qilindi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, AQSh, Kanada va Meksika ushbu musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Amerikaliklar 134 ovoz (jami ovozning 67 foizi)ga ega bo‘ldi. Marokash uchun esa 65ta ovoz berildi.
Bilasiz, 2022-yilgi chempionatga Qatar mezbonlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter