Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlanadi

2023-yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlanadi

2023-yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlanadi. Bu haqda Prezident Oliy Majlisga murojaatida qayd etib o‘tdi.

«2023-yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni tezlashtirmasak bo‘lmaydi», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari, shuningdek, kelgusi yilda eksport hajmini keskin oshirish bo‘yicha ham rejalarini ma’lum qildi.

«2023-yilda  tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi.

Bu yil boshlangan «Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi o‘z samarasini bermoqda. Bir yilning o‘zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Kelasi yilda ham, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi.

Yevropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz.

Mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichli bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobarga qisqaradi.

Umuman, 2023-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018-yilda 14 milliard dollar bo‘lgan)», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring