Og‘ir yil arafasida turibmiz — ekspertlar
TASS so‘roqqa tutgan ekspertlarga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti og‘ir yil arafasida turibdi: global koronavirus inqirozidan so‘ng, 2021-yildagi misli ko‘rilmagan 6 foizlik o‘sishdan keyin yana pasayish kutilmoqda.
2022-yil yakunlari bo‘yicha global iqtisodiyot 2-3 foiz darajasidagi o‘sishni namoyon etadi, 2023-yilda esa o‘sish 2 foizdan ham ortmasligi mumkin.
Global retsessiya (o‘sish to‘xtashi yoki manfiyga ketishi) haqida gapirishga hali erta, biroq Yevropa va AQSh kabi yirik iqtisodiyotlarda «tormozlanish» kuzatilishi boshlandi, deyiladi xabarda.
2023-yil arafasida Xitoyga kovid pandemiyasining eng katta to‘lqini yopirilishi ham global iqtisodiyot o‘sishiga ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter