Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda «Tez yordam»ni eng ko‘p chaqirgan hududlar ma’lum bo‘ldi

2022-yilda «Tez yordam»ni eng ko‘p chaqirgan hududlar ma’lum bo‘ldi

2022-yil 11 oy davomida «Tez yordam» xizmatiga jami 11 735 450 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tadbirda shuningdek, eng ko‘p chaqiriqlar kelib tushgan hududlar haqida ham ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, «Tez yordam»ga eng ko‘p murojaatlar:

  1. Farg‘ona viloyati – 1 366 853 ta;
  2. Andijon viloyati – 1 269 113 ta;
  3. Toshkent shahar – 1 155 053 ta;
  4. Toshkent viloyati – 1 151 757 ta;
  5. Namangan viloyati – 1 095 444 ta;

Shuningdek, hisobot davrida «103» xizmatiga jami 4 911 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 1,5 barobarga kamaygan.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda tizimda faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni 13 ming 798 nafarni tashkil etib, ta’minlanganlik darajasi 90,7 foizga yetgan. Shuningdek, tizimdagi o‘rta tibbiyot xodimlari soni 29 ming 156 nafarni tashkil qilmoqda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring