2022-yil uchun ilmiy bashorat: yaqin kelajakda dunyo qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Bizni raqamli dunyolar, avatarlar va elektron pullar kutmoqda. Kelayotgan yil jasur va qo‘rqmas odamlar uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Butun dunyo siyosatchilari va iqtisodchilari yaqin kelajak uchun allaqachon prognozlar qilishmoqda. Forrester xalqaro bozor tadqiqot kompaniyasi veb-saytida e’lon qilingan 2022-yil uchun prognoz shunday deydi: dunyo yanada raqamli bo‘ladi.
Iqtisodchilar va ishbilarmonlar bashorat qilishlaricha, 2022-yilda har 10 internet foydalanuvchidan 8 nafari tarmoqda ta’lim oladi, ishlaydi va onlayn pul sarflaydi.
Sayt tomonidan keltirilgan Amerika statistika ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda katta yoshdagi onlayn foydalanuvchilarning 63 foizi diniy xizmatlar, sport tadbirlari, konsertlar va onlayn ijtimoiy xizmatlarga tashrif buyurishlarini aytgan. 44 foizi internetdan foydalangan holda uy jihozlarini yangilagan.
2022-yilda bu raqam ortadi. Keyingi yil yangi texnologiyalardan va atrofdagi dunyodagi tez o‘zgarishlardan qo‘rqmaydigan jasur odamlar uchun juda mos keladi. Ularning yarmi allaqachon raqamliga o‘tib bo‘lgan.
Shuningdek, kompaniyalarning 66 foizga yaqini gibrid ish shakliga o‘tishi bashorat qilinmoqda. Xodimlarning yarmi ofisda ishlaydi, yarmi esa, masofadan turib.
Shuningdek, bizni quyidagilar kutmoqda:
- Odamlar harakatining video monitoringini kuchaytirish. Kamera tom ma’noda hamma joyda paydo bo‘ladi. Bu odamlar xavfsizligi va xavfli kasalliklar tarqalishini cheklash uchun amalga oshiriladi.
- Internet tarmog‘ida faoliyat yurituvchi, ayniqsa, axborot tarqatuvchi kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytirish.
- Potensial jinoyatchilarni ular jinoyat sodir etishidan oldin ham – ularning so‘rovlari va onlayn muloqotlari bo‘yicha topish va hibsga olish boshlanadi.
- 2025-yilga borib, ko‘plab kompaniyalarda kengaytirilgan reallik texnologiyalari paydo bo‘ladi: biz o‘zimizda kiyimlarning raqamli analoglarini o‘lchab ko‘rishimiz va kelajakda xaridlarni 3D formatida amalga oshirishimiz mumkin.
- Odamlarning shaxsiy ma’lumotlari yanada ochiq bo‘ladi, bu axborotning shaffofligi nuqtai nazaridan foydali, maxfiylik yo‘qligi nuqtai nazaridan esa, xavfli bo‘lishi mumkin.
- Filmlarda aktyorlar emas, balki ularning raqamli qiyofadoshlari tasvirga tushadi. Bunga allaqachon qo‘l urilgan, lekin hali keng qo‘llanilmadi.
- Kafelar, do‘konlar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, dorixonalar va kurerlik kabi xizmat ko‘rsatish sohasida ish boshlaydiganlarning taxminan 30 foizi robotlar bo‘ladi.
Tanganing ikkinchi tomoni: hech kim insoniy tuyg‘ular haqida o‘ylamayapti, faqat raqamli texnologiyalar va robotlar. Ilgari bu fantastika olamida edi, endi u haqiqatga aylanmoqda. Qanday bo‘lmasin, bunday yangiliklar qalbni isitmaydi... Ammo, insoniyatga foydali jihatlaridan taskin topadi odam.
Xo‘sh, aziz o‘quvchilar, atigi besh kundan so‘ng yangi haqiqatga o‘tishga tayyormisiz?
Usmonjon Yo‘ldoshev
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter