Prezident 2022-yil nomini e’lon qildi

Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘llamoqda.
Unga ko‘ra, 2022-yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili deb e’lon qilindi.
«Biz yangi yilga nom berishda, keng jamoatchilikning fikrlarini o‘rgandik. Ana shu takliflardan kelib chiqib, men Yangi – 2022 yilni mamlakatimizda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilishni taklif etaman.
Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.
Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.
Mahalla obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi.
Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi»,—deyiladi tabrikda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter