Taniqli bloger 2021-yilning eng ishonchli smartfonlarini aniqladi (video)
JerryRigEverything yutub-kanali yurituvchisi Zak Nelson navbatdagi roligida 2021-yilda ishlab chiqarilgan smartfonlar orasidan eng ishonchli va mustahkamlarini tanladi
G‘olib — Fairphone 4. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunki bu smartfon ehtiyot qismlarini oson almashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Akkumulyatori ham almashtiriladigan.
Nelson ikkinchi o‘rinni Google Pixel 6 Pro ga berdi: bu smartfon ekranini atigi 60 soniyada almashtirsa bo‘ladi.
Ta’mir uchun eng yaroqsiz smartfon — iPhone 13 Pro Max.
Zakning nazarida, 2021-yilning eng innovatsion smartfoni — ekrani bukiladigan Samsung Galaxy Z Flip 3.
Ichki tuzilishi eng jozibali smartfon — Legion Duel 2. Biroq eng ishonchsiz smartfon «nominatsiyasi»ni ham Nelson shu smartfonga joiz ko‘rdi. Kyocera Duraforce Ultra 5G esa buning mutlaqo aksi. To‘liq tafsilotlar quyidagi videoda (ingliz tilida).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter