2021-yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum qilindi
2021-yilda jami 735,4 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan. Ular orasida Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu haqda FinExpertiza tahlil markazi hisobotida so‘z boradi.
2021-yilda Rossiya vakolatli idoralari asosan Ukrainaning ayirmachilik kayfiyatidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari aholisiga (376 ming kishi) fuqarolik taqdim etgan. Umuman, 2019-yildan buyon rasmiy Moskva bir milliondan ziyod donbassliklarga soddalashtirilgan tartibda fuqarolik bergan.
O‘tgan yili rus pasportini olganlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda Tojikiston (103,7 ming) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (49,9 ming), Armaniston (46,9 ming), O‘zbekiston (31,9 ming), Ozarbayjon (30,8 ming), Belarus (24,5 ming), Moldova (23,7 ming) va Qirg‘iziston (19,2 ming) vakillari band etgan.
Tojikiston Rossiya fuqaroligini olishda 2020-yilda ham Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. Buning boisi shuki, Tojikiston MDHda Rossiya bilan qo‘shfuqarolik borasida bitim imzolagan yagona mamlakat sanaladi.
G‘arb mamlakatlaridan Rossiya fuqaroligini olganlar ko‘p emas: Germaniya (481), AQSh (388), Italiya (226), Gretsiya (183), Fransiya (167), Buyuk Britaniya (99).
Tahlilchilarga ko‘ra, Ukrainaga bosqin ortidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan mislsiz moliyaviy-iqtisodiy sanksiyalar 2022 yilgi fuqarolik olish ko‘rsatkichiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter