2019-yilda 859 nafar shaxs oqlandi, 6957 nafar sudlanuvchi turli muddatlarga «kesildi»
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2019-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotini e’lon qildi.
Oliy mahkama matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 36 845 nafar shaxsga nisbatan 28 846 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu 2018-yilga nisbatan shaxslar bo‘yicha 24,2 foizga, ishlar bo‘yicha esa 24,4 foizga kamayganini anglatadi.
1
O‘tgan yili sudlar tomonidan 859 nafar shaxs oqlangani alohida ta’kidga loyiq. Ayni raqam oqlov hukmlari avvalgi yillarga qaraganda yanayam ko‘payganini ko‘rsatadi.
2019-yilda jami 27 603 nafar shaxs sudning qora kursisiga o‘tirishga majbur bo‘lgan. Ularning 6 957 nafari turli yillarga ozodlikdan mahrum etish jazosiga mustahiq etilgan bo‘lsa, 19 278 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 368 nafar shaxs esa shartli hukm qilindi.
2
Sudlangan shaxslarning yoshi va jinsiga e’tibor qaratilsa, 24 491 nafari erkaklar, 3 112 nafari ayollar, 10 700 nafarini esa yoshlar (shu jumladan 497 nafari voyaga yetmaganlar) tashkil etadi.
Ming tassufki, 873 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslardir.
3
Ishsi sudga o‘tgan shaxski bor - hammasi qamaladi, degani emas. Raqamlarga ko‘ra, 3 080 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan, 26 436 nafariga jazoni o‘tashdan muddatidan avval ozodlik ravo ko‘rildi (ya’ni, jazodan shartli ozod qilindi), 8 028 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi. 6 665 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
4
Sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda jamoat tashkilotlarining kafilligiga ham jiddiy e’tibor qaratilayotir. O‘tgan yili 270 nafar shaxsni Yoshlar ittifoqi, 210 nafar ayolni Xotin-qizlar qo‘mitasi, 1 373 nafar shaxsni mahalla fuqarolar yig‘inlarining kafillikka olgani bois ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.
5
Qonunchilikda yarashuv intituti joriy etilgani ham ko‘pchilikning joniga oro bo‘layotgani bor gap. O‘tgan yili yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 7 329 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Yana bir gap. 13 890 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 48,2 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.
6
Quyi sudlar hukmidan norozi bo‘lganlarning shikoyati asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan (nazorat tartibida) 1 788 nafar shaxsga nisbatan 1 486 ta ish ko‘rib chiqildi. Bunda 1 037 nafar shaxsga nisbatan qarorlar bekor qilgan bo‘lsa, 581 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter