2019-yilda 200 ming kishi xorijiy davlatlarda ishga joylashtiriladi
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, ish o‘rinlarini tashkil etishni yanada rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etiladi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlanib, loyiha bilan 2019-yil uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat dasturi tasdiqlanadi.
Davlat dasturida:
- davlat buyurtmasi mexanizmini joriy etish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarida kamida 221,5 ming doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;
- tijorat banklari tomonidan maqsadli dasturlarga muvofiq mikrokreditlash hisobiga 191,5 ming aholini tadbirkorlikka jalb qilish;
- fuqarolarni tashkillashtirilgan holda xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish orqali 200,4 ming aholini ish bilan ta’minlash;
- bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali 338,7 ming fuqaroni ish bilan ta’minlash;
- kasbga o‘qitish, huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berish kabi ijtimoiy yordamning nomoliyaviy usullaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019-yilning 18-yanvariga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter