Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OECD: Jahon iqtisodiyoti o‘sishi 2019-yilda pasayadi

OECD: Jahon iqtisodiyoti o‘sishi 2019-yilda pasayadi

Foto: «Kyodo News»

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) prognoziga ko‘ra, kelgusi yilda jahon iqtisodiyoti o‘sishida pasayish kuzatiladi. Sabablar: davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq nizolari, dunyoning yetakchi markaziy banklari tomonidan pul-kredit siyosatining siquvga olinishi kabi omillar.

Real YaIMning 2018-yildagi o‘sishi 3,7 foizda baholandi, ammo 2019-yilda ko‘rsatkich sentbr oyida bashorat qilinganidek 3,7 foiz emas 3,5 foiz bo‘ladi, ya’ni pasayish boshlanadi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti 3,6 foizga o‘sdi. 2020-yilda esa global YaIM 3,5 foizga o‘sadi.

Ko‘p mamlakatlarda ishsizlik rekord darajada past darajada va endi malakali kadrlarga ehtiyoj ham oshmoqda. Tashkilot hisobotida qayd etilishicha, global savdo-sotiq va investitsiyalar hajmi o‘sishi kiritilayotgan bojlar tufayli susayadi.

AQShda foiz stavkalarining oshishi va dollar kursining mustahkamlanishi rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital oqimini kuchaytiradi va ularning valyutalarini kuchsizlantiradi.

Jahon iqtisodiyoti uchun past prognoz ko‘rsatkichlari Turkiya, Argentina, Braziliya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda kutilayotgan muammolar bilan ham bog‘liq.

Yevrozona uchun prognozda 2018-va 2019-yillarda YaIM o‘sishi 1,9 va 1,8 foizga tenglashtirildi.

Foto: OECD

2018-2019-yillarda YaIM o‘sishi Buyuk Britaniyada 1,3 va 1,4 foiz, Germaniya va Fransiyada 1,6 foiz, Italiyada 1 va 0,9 foiz, AQShda 2,9 va 2,7 foiz, Yaponiyada 0,9 va 1 foiz, Xitoyda 6,6 va 6,3 foiz, Hindistonda 7,5, va 7,3 foiz, Braziliyada 1,2 va 2,1 foiz, Rossiyada 1,6 va 1,5 foiz bo‘lishi tashkilot prognozida ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring