Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilning shu davrigacha qarzdorlardan qancha mablag‘ undirildi?

2018-yilning shu davrigacha qarzdorlardan qancha mablag‘ undirildi?

Foto:Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirlar jarayonida 1881,1 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ undirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (746,7 mlrd. so‘m) nisbatan 1134,4 mlrd. so‘mga ko‘payishiga erishilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 11,2 mingta qarzdorlarning 2,5 trln. so‘m qiymatidagi mol-mulklari, shundan 1441 ta bino va inshoot, 1618 ta transport vositalari va 11063 ta boshqa turdagi mulklar xatlangan.

«Bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kimnidir jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas, aksincha, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishdan iborat» deya izoh berilgan xabarda.

Bugungi kunda 27,4 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklashi, shuningdek, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi hisobiga ulardagi 471,2 mlrd. so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi. Hozirda joriy yil yakuniga qadar soliq qarzi mavjud bo‘lgan boshqa fuqarolarimiz ham tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklashi natijasida ularning soliq qarzi kechilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring