2018 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
«CarsWeek» mutaxassislari 2018 yilning eng yaxshi avtomobillari ro‘yxatini tuzdi. Reytingda «Toyota Corolla» sedani yetakchilik qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.
Reytingni tuzishda avtomobilning xavfsizligi, ishonchliligi, yaxshi boshqarilishi va ulardan foydalangan kishilarning fikrlari inobatga olindi.
Reytingni dvigatel kuchi va boshqarish qulayligi e’tirof etilgan «Audi A4» va tejamkor va ko‘p imkoniyatlarga ega «Toyota Camry» davom ettirdi. Eng yaxshi beshtalikni «Subaru Forester» va «BMW X3» avtomobillari yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter