2018-yilda aholi bilan eng zo‘r ishlagan 3 hokim e’tirof etildi
«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot (Dialog s narodom)» guruhida 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida aholi murojaatlarining qanoatlantirilganlik darajasi bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan hokimlar sifatida Surxondaryo, Toshkent va Andijon viloyatlari hokimlari ismlari keltirilgan.
Aytish mumkinki, Erkinjon Turdimovning (Surxondaryo) «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi 3387 nafar tarmoq foydalanuvchilariga manzur kelgan bo‘lsa, Shuhratbek Abdurahmonovning (Andijon) sahifasi 2184 foydalanuvchiga yoqqan. Garchand G‘ulomjon Ibragimovning (Toshkent viloyati) ushbu tarmoqda rasmiy sahifasi bo‘lmasa-da, Toshkent viloyati hokimiyati nomli sahifa 1243 kishi tomonidan ma’qullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter