2017-yilda O‘zbekistonda qurilishi belgilangan 25,5 mingta uy-joy rejasi bajarilmadi
«O‘tgan yili O‘zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi. Xususan, uy-joyga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar uchun 19,5 mingta, davlat tashkilotlari vakillari uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 3 ming 829 ta uy-joy ajratilishi belgilangan edi», — deb yozmoqda O‘zA.
Xabarda aytilishicha, 2017-yil oxiriga qadar ushbu uy-joylarning 19 mingtasi qurilib, foydalanishga topshirilgan. Qolgan qismi joriy yilning birinchi choragiga qadar egalariga topshirilishi kutilmoqda.
Bu uy-joylarni moliyalashtirish uchun 3 trillion 350 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi.
Mazkur turar joy massivlarida 440 kilometr suv, 340 kilometr elektr hamda 330 kilometr gaz tarmoqlari, 291 kilometr avtomobil yo‘llari qurildi. 134 infratuzilma ob’yekti barpo etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter