2017-yilda har ikki kunda yangi milliarder paydo bo‘ldi

2017 yilda boylarning umumiy boyligi trillion dollarga oshib, 5,3 trillion dollarga yetdi.
Dunyo bo‘ylab qashshoqlik muammolarini o‘rganuvchi 17 tashkilot hisobotlarini umumlashtiruvchi «Oxfam» agentligining ma’lumotlariga qaraganda 2017-yilda yangi milliarderlar paydo bo‘lishi bo‘yicha rekord qayd etilgan.
O‘tgan yili sayyoramizda AQSh dollari hisobidagi milliarderlar soni 2043 nafarga yetdi. «Oxfam» mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir yer shari aholisining 1 foizida dunyo boyligining 82 foizi jamlangan.
Yil davomida 3,7 milliard qashshoq aholining iqtisodiy ahvoli o‘zgarmagani holda boylarning davlati 762 milliard dollarga ortgan.
«Bloomberg» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda boylarning umumiy boyligi trillion dollarga oshib, 5,3 trillion dollarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter