«Milliarder shaharlar» va ularning eng boy insonlari (reyting)

«Forbes» eng ko‘p milliarderlar qaysi shaharlarda yashashini aniqladi. Bu yilgi reytingga 2 153 nafar inson kirdi. Ularning 551 nafari jahonning 10 ta shahrida istiqomat qiladi. Faqat yetti mamlakatgina yalpi ichki mahsuloti ko‘lami bo‘yicha mana shu kichkina ro‘yxatdagi milliarderlar (2,3 trln. dollar) bilan bellasha oladi.
«Jahon milliarderlari poytaxti» — Nyu-York. AQShning eng katta shahrida jami boyligi 469,7 mlrd. dollarga teng 84 nafar milliarder istiqomat qiladi. Nyu-York milliarderlari soni bo‘yicha 2015-yili Moskvani quvib o‘tganidan beri yetakchilikni hech kimga bergani yo‘q.
TOP-10
1. Nyu-York
Milliarderlari soni — 84 nafar
Umumiy boyligi — $469,7 mlrd.
Eng boy odami — Maykl Blumberg (axborot agentligi asoschisi, $55,5 mlrd.)
2. Gonkong
Milliarderlari soni — 79 nafar
Umumiy boyligi — $355,5 mlrd.
Eng boy odami — Li Kashin («Cheung Kong Group» konglomerati asoschisi, $31,7 mlrd.)
3. Moskva
Milliarderlari soni — 71 nafar
Umumiy boyligi — $336,5 mlrd.
Eng boy odami — Leonid Mixelson («Novatek» va «Sibur» kompaniyalari aksiyadori, $24 mlrd)
4. Pekin
Milliarderlari soni — 61 nafar
Umumiy boyligi — $193,3 mlrd.
Eng boy odami — Van Szyanlin (tijoriy ko‘chmas mulk developeri, $22,6 mlrd.)
5. London
Milliarderlari soni — 55 nafar
Umumiy boyligi — $226 mlrd.
Eng boy odami — Mixail Fridman («Alfa-Grupp» asoschisi, $15 mlrd.)
6. Shanxay
Milliarderlari soni — 45 nafar
Umumiy boyligi — $110,7 mlrd
Eng boy odami — Kolin Xuan (elektron tijorat servislari asoschisi, $13,5 mlrd.)
7. San-Fransisko
Milliarderlari soni — 42 nafar
Umumiy boyligi — $109,2 mlrd
Eng boy odami — Dastin Moskovits («Facebook» asoschilaridan biri, $11,1 mlrd.)
8. Shenchjen
Milliarderlari soni — 39 nafar
Umumiy boyligi — $190,5 mlrd
Eng boy odami — Ma Xuaten («Tencent» rahbari, $38,8 mlrd.)
9. Seul
Milliarderlari soni — 38 nafar
Umumiy boyligi — $99,9 mlrd.
Eng boy odami — Li Kun-Xi («Samsung», $16,9 mlrd.)
10. Mumbay
Milliarderlari soni — 37 nafar
Umumiy boyligi — $184,4 mlrd.
Eng boy odami — Mukesh Ambani («Reliance Industries», $50 mlrd.)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter