Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qariyb to‘qqiz yil davomida hech kimga O‘zbekiston fuqaroligi berilmagan — IIV

Qariyb to‘qqiz yil davomida  hech kimga O‘zbekiston fuqaroligi berilmagan — IIV

Foto:«Xabar.uz»

«Ichki ishlar organlarida migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida» matbuot anjumanida O‘zbekiston fuqaroligi bo‘yicha bir statistikalar taqdim etildi. 

Jumladan, joriy yilning 10 oyi davomida prezidentimizning 23 ta farmoni asosida 4951 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolikka qabul qilingan. Solishtirish uchun: 1991-yildan 2007-yilgacha 482 nafar kishiga O‘zbekiston fuqaroligi taqdim etilgan, jumladan 2007-yildan 2016-yil dekabrgacha biror shaxsga fuqarolik taqdim etilmagan. 

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nodir Ziyayev fuqarolikka qabul qilish rad etilgan shaxslar qonunga ko‘ra yana bir yildan qayta ariza topshirish huquqiga egaligini eslatib o‘tdi. 

Ikki yil ichida 30 mingdan ziyod kishiga fuqarolik taqdim etilgan. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring