20 million so‘mlik ot o‘g‘risi fosh bo‘ldi
2021-yil 26-iyun kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qildi. U shu yil 21-iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Kosonsoy tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan narxi 20.000.000 so‘mlik bir bosh otini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.
Kosonsoy tuman IIB JQB boshlig‘i va HPB XTM katta profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 26-iyun kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter