Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 dollarlikda qora tanlining surati paydo bo‘lishi mumkin

20 dollarlikda qora tanlining surati paydo bo‘lishi mumkin

Jo Bayden ma’muriyatiga qarashli AQSh Moliya vazirligi XIX asrda Qo‘shma Shtatlarda qullikka qarshi va ijtimoiy islohotlar uchun kurashgan amerikalik abolitsionist tasvirini AQShning 20 dollarlik kupyurasiga qo‘yish g‘oyasini qayta ko‘rib chiqadi.

Oq uy matbuot kotibi Jan Psaki dushanba kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi brifingda qora tanli faolning portreti prezident Endryu Jeksonning surati bilan almashtirilishi haqida aytib o‘tgan.

«G‘aznachilik departamenti Garriyet Tabmenni yangi 20 dollarlik banknotning old qismiga qo‘yish bo‘yicha harakatlarni yangilash bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda», — degan Psaki.

«Biz bu jarayonni tezlashtirish yo‘llarini o‘rganmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pul «mamlakat tarixi va xilma-xilligini» aks ettirishi kerak.

Tabmen portretini 20 dollarlik kupyuraga joylashtirish g‘oyasi demokrat Barak Obama prezidentligi davridayoq ma’lum qilingan edi. Biroq respublikachi Donald Tramp ma’muriyati hokimiyat tepasiga kelganidan keyin bu jarayon sustlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring