Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19:00dan keyin spirtli ichimlik olib yurganlar jarimaga tortiladi

19:00dan keyin spirtli ichimlik olib yurganlar jarimaga tortiladi

Italiyaning Venetsiya shahrida soat 19:00 dan keyin spirtli ichimlik iste’mol qilish u yoqda tursin, hatto uni olib yurish ham man etiladi. Bu haqda «Haber7.com» nashri xabar bermoqda.

Venetsiyada kanallar va dengizlarda cho‘milish yoki suvga tushish, ko‘chada yalang‘och yurish, qushlarga don berish, hatto velosiped haydashning ham jarimasi bor.

Bu taqiqlarga yana biri – soat 19:00 dan keyin spirtli ichimlik olib yurish qo‘shilyapti.

Agar qonun loyihasi tasdiqlansa, qo‘lida yoki sumkasida spirtli ichimlik olib yurgan kishilar 500 yevro jarimaga tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring