Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 yoshli qiz o‘limidan so‘ng besh insonning hayotini saqlab qoldi (video)

18 yoshli qiz o‘limidan so‘ng besh insonning hayotini saqlab qoldi (video)

Foto: «Youtube.com»

Amerikaning Texas shtati Edinburg shahrida iyun oyida vafot etgan qizning oilasi besh kishini qutqarib qolish uchun uning a’zolarini topshirdi. Bu haqda News 4 telekanali veb-saytida xabar berilgan.

2020-yil iyun oyida 18 yoshli Alisha Garza o‘qotar quroldan yaralanib halok bo‘ldi.

O‘gay otasi Ramon Vargas qiz a’zolarining tibbiyotga xayriya qilinishini xohlaganini aytdi. Avvaliga Garzaning onasi Jeneveve Vargas bunday qarorga kelishga qiynalgan, ammo keyinchalik rozi bo‘lgan.

«Birinchidan, men uning onasiman. Bolamning a’zolarini olishlarini xohlamadim. Ammo bizning fojiamiz boshqalarga yordam berdi», — deydi Vargas.

Marhumning yuragi, jigari, o‘pkasi va buyraklari besh kishining hayotini saqlab qolishga yordam berdi.

Texas donor a’zolar birlashmasi qizchaning xotirasi uchun oilaga medal topshirdi.

Ota-ona Alishaning a’zolarini qabul qilganlar bilan hali uchrashmadi.

«Men ularni quchoqlagan bo‘lardim, chunki go‘yoki yana qizimni quchoqlaganday bo‘laman. Farzandimning bir bo‘lagi ularda yashamoqda», — dedi Vargas.

Garzaning ota-onasi o‘z tajribalarini boshqalar bilan baham ko‘rib, ularni a’zolar donori bo‘lishiga ilhomlantirishni xohlamoqda.

«Har kuni boshimizdan kechiradigan dardni hech kimga tilamayman. Ammo u yordam bergan odamlarda yashashda davom etayotgani bizga madad bo‘lmoqda», — deydi Vargas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring