1723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
2020-yil davomida respublika bo‘yicha jami 1148 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan, deya xabar berdi Bosh prokuratura axborot xizmati.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 835 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 227 nafari firibgarlik, 132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 58 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish, 31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 16 nafari mansab soxtakorligi va 399 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd so‘mi undirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter