Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«16 fevral voqealari»da ayblangan 5 nafar shaxs oqlandi

«16 fevral voqealari»da ayblangan 5 nafar shaxs oqlandi

Foto: Rost24

1999 yilning 16 fevral kuni poytaxtdagi portlashlar sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 nafar shaxs oqlandi. Ayni ma’lumotni Toshkent viloyati sudi matbuot kotibi Sh.Xudoyberdiyev «Xabar.uz»ga tasdiqladi.

Qayd etilishicha, oqlanganlar «16 fevral voqealari»ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Aksincha, ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi. Sudlanuvchilar (endilikda sobiq) o‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmagani oqibatida (Jinoyat kodeksining 208-moddasi) qonli voqealarga sababchi bo‘lganlikda ayblanib, 1999 yildayoq jazoga tortilgan. Ularga nisbatan chiqarilgan hukm bugun Toshkent viloyat sudining apellatsiya hay’ati tomonidan bekor qilindi. Sudlov hay’ati ularning xatti-harakatida jinoyat alomatlari yo‘q deb hisoblab, barchasini oqlash haqida ajrim chiqargan.

Shu tariqa sobiq sudlanuvchilarga nisbatan chiqarilgan Zangiota tuman sudining hukmi oradan 22 yil o‘tib, bekor qilindi.

Oqlanganlarning aytishicha, Toshkent shaharida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabuldan keyin ularning masalasida oldinga siljish kuzatiladi. Respublika rahbarlik idoralari va Sudyalar oliy kengashi mas’ullari qabulidan so‘ng jinoyat ishi apellyasiya tartibida ko‘rilishi natijasida 22 yil kutilgan adolat tiklanadi.

Oqlanganlar:

Kamalov Yolkin Tulaganovich – 1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, «G‘isht ko‘prik» bojxona maskanida bosh nozir bo‘lib ishlagan.

Xodjayev Muxammadzaxir Nabiyevich – 1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, «G‘isht ko‘prik» bojxona maskanida nozir bo‘lib ishlagan.

Yunusov Ibrohim Shovkatovich – 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, «G‘isht ko‘prik» bojxona maskanida nozir bo‘lib ishlagan.

Begmatov Baxtiyor Nabijanovich – 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, «G‘isht ko‘prik» bojxona maskanida nozir bo‘lib ishlagan.

Buriyev Iskandar Tojibayevich – 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, «G‘isht ko‘prik» bojxona maskanida nozir bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring