150 kilo ortiqcha vazndan qanday qutulish mumkin?
Amerikaning Rod-Aylend shtatida istiqomat qiluvchi Mayk Gorman qanday qilib 150 kilo ortiqcha vazndan xalos bo‘lganini gapirib berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Maykning aytishicha, u ko‘p ovqat yeb qo‘yishdan qiynalgan. Kuniga 20 mingdan ziyod kaloriya iste’mol qilgan. 46 yoshida uning vazni taxminan 250 kiloni tashkil etgan.
Sog‘ligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelgach ozishdan o‘zga chorasi qolmagan.
Gorman kam uglevod va ko‘p yog‘dan iborat ketogen parhez tutishga qaror qilgan. Bundan tashqari, u har kuni trenajyor zaliga qatnagan.
Shu tartibda u ikki yil ichida 150 kilo ortiqcha vazndan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.
Amerikalikning ta’kidlashicha, ozishda eng muhimi – o‘ziga bo‘lgan ishonch. U ozishni xohlovchilarga umri davomida amal qilsa bo‘ladigan qulay parhez tanlashni maslahat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter