Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak 15-qavatdan o‘zini tashlab halok bo‘ldi

Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak 15-qavatdan o‘zini tashlab halok bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak turar joy binosining 15-qavatidan sakrab halok bo‘lgan deya Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda «Gazeta.uz». Voqea 18-noyabr kuni soat 21:07 da «Manzara» turar joy majmuasida sodir bo‘lgan.

Marhum fojiadan ikki kun oldin turmush o‘rtog‘iga «osmonda uchgisi kelayotgani»ni aytgan.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida shizofreniya tashxisi bilan ro‘yxatga olingan. Voqea sodir bo‘lgan kuni erkak turmush o‘rtog‘iga ishga bormasdan, uyda qolishini so‘ragan. N.R. ishdan kelguniga qadar esa eri o‘z joniga qasd qilgan, deyiladi xabarda.

«Ayni paytda Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘z joniga qasd qilish sabablari aniqlanmoqda», deya Bosh prokuratura matbuot xizmatidan iqtibos keltirmoqda «Gazeta.uz» nashri.

Shu yilning aprel oyida Sergelida 27 yashar ayol uch farzandi bilan 9-qavatdan sakrab halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring