Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-avgustdan isitish tizimi va issiq suv narxi ham oshadi

15-avgustdan isitish tizimi va issiq suv narxi ham oshadi

2019-yilning 15-avgustidan isitish tizimi va issiq suv ta’minoti uchun ham tariflar oshadi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 so‘mgacha oshiriladi (hozirda — 1 610,99 so‘m). 

Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 so‘mni tashkil etadi (hozirda — 18 609,24 so‘m), hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 5 242 so‘mga (hozir - 4 765,20 so‘m) teng bo‘ladi. 

Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 so‘mni (hozirda — 13 843,47 so‘m) tashkil etadi.

«Toshissiqlikmarkazi» DUKdan ma’lum qilishlaricha, 15 avgustdan boshlab yetkazib berilayotgan issiq energiyasining ulgurji narxi QQSni hisobga olmaganda, bir Gkal uchun 106 500 so‘m, QQS bilan qo‘shilgan holda 127 800 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-avgustdan boshlab yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narxlar oshirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring