Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 yoshli bola sakkiz kishining umriga zomin bo‘ldi

14 yoshli bola sakkiz kishining umriga zomin bo‘ldi

Meksikada narkokartelga aloqador 14 yoshli o‘smir sakkiz kishini o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Hodisa Mexiko shahrining qashshoq hududida sodir bo‘lgan. «Kichkina El Chapo» laqabli 14 yoshli bolakay tug‘ilgan kun nishonlayotgan oila va uning mehmonlariga qarata o‘t ochgan.

Uch kishi voqea joyida, yana besh kishi kasalxonada vafot etgan. Bundan tashqari, yetti kishi jarohatlangan, ulardan biri uch yoshga to‘lmagan bola.

Meksika jamoat xavfsizligi federal agentligi matbuot bayonotiga ko‘ra, «Kichkina El Chapo» va u a’zo bo‘lgan narkokartelning yana sakkiz nafar a’zosi 10 mart kuni 12 soat davom etgan maxsus operatsiya natijasida qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring