Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini chetga olib chiqqan shaxslar aniqlandi

1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini chetga olib chiqqan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda «A.D.» oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari davlat kafolati ostida olingan kredit mablag‘lari hisobidan import qilingan parranda boqish uskunalarining narxini sun’iy ravishda oshirib, aslida bozor bahosi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan 25,9 ming parranda boqishga mo‘ljallangan uskunalarni go‘yoki 50 ming bosh parranda boqishga mo‘ljallanganligini ko‘rsatib, hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni «Sh.Y.» xorijiy kompaniyasiga o‘tkazishga erishib, jami 1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring