Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hukumati pul tarqatishni boshladi: 1,4 ming dollardan

AQSh hukumati pul tarqatishni boshladi: 1,4 ming dollardan

Foto: «Dawn»

AQSh hukumati bugun-erta — shanba-yakshanba kunlari soliq to‘lovchilarga $1,4 mingdan tarqatishni boshlaydi. Bu haqda Oq uy bayonot berdi.

To‘lov har bir oila a’zosi, kattalardan tortib bolalargacha tatbiq etiladi. Qolaversa, pensionerlar va talabalarga ham shunchadan pul tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, bir martalik (1,4 ming dollardan) nafaqa yiliga 75 ming dollargacha pul topuvchi soliq to‘lovchilarning oila a’zolariga beriladi. Qolaversa, ikki kishi birgalikda yiliga $150 ming daromad qiladigan oilalar ham nafaqaga kiritilgan. Yuqoridagi toifaga kiruvchi oilalar AQShdagi oilalarning taxminan 85 foizini tashkil etadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan 1,9 trillionlik dasturga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring