Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+136. Olti hududda kasallik yuqtirganlar qayd etildi

+136. Olti hududda kasallik yuqtirganlar qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 7-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 579 (+136) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

93 nafari Toshkent shahrida,
16 nafari Farg‘ona viloyatida,
8 nafari Toshkent viloyatida,
7 nafar Qashqadaryo viloyatida,
7 nafar Xorazm viloyatida,
5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 56 165 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 923 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring