Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13 yil avval vahshiy qotillikka qo‘l urgan shaxs qatl qilindi

13 yil avval vahshiy qotillikka qo‘l urgan shaxs qatl qilindi

2008-yil iyun oyida Tokio markazida sodir etilgan qirg‘in uchun 39 yoshli Tomoxiro Katoga nisbatan o‘lim jazosi 26-iyul kuni ijro etildi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Bosh vazir Fumio Kisida hukumati davrida ikkinchi marta o‘lim jazosi ijro etilmoqda.

2008-yil iyun oyida odamlar gavjum ko‘chada sodir bo‘lgan shov-shuvli qotillikda yetti kishi qurbon bo‘lgan, yana 10 kishi yaralangan. Jinoyatchi yuk mashinasini olomon orasiga haydab, ko‘chani to‘sib qo‘ygan, shundan so‘ng u mashinadan tushib, o‘tkinchilarni ayovsiz pichoqlay boshlagan.

Jinoyat sodir etilgan paytda 26 yoshda bo‘lgan Tomoxiro Kato hayotga qiziqishini yo‘qotgani uchun Tokioga atay kelganini aytadi.

Hukmga ko‘ra, Tomoxiro Kato ruhiy kasalliklardan aziyat chekmagan va o‘z qilmishlari uchun to‘liq javobgar bo‘lgan. Shu sababli, taqdim etilgan dalillar, shuningdek, tergov harakatlari natijalari asosida sud o‘lim jazosini tayinlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Yapon yurisprudensiyasida o‘lim jazosi odatda ashaddiy qotilliklarda qo‘llaniladi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Yaponiyani bu jazo chorasini bekor qilishga chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring