Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13 marta javobgarlikka tortilgan shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi

13 marta javobgarlikka tortilgan shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam JKning 184-moddasi bilan 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.A.ning navbatdagi kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

U o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, soliq to‘lamaslik hamda noqonuniy daromad orttirish maqsadida boshqa fuqarolar nomiga «Q-Farg‘ona» XK, «Y-binokor», «T-stroy», «F-best» va «M-best» nomli MChJlarni tashkil qilgan. 

So‘ng, tashkil qilingan jamiyatlarning faoliyatini amalda o‘zi yuritib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzib, savdodan tushgan 3,2 mlrd so‘mni kirim qilmaganligi, 163,2 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda «Q-Farg‘ona» XK va «Y-binokor» MChJni qasddan bankrotlikka olib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring