12 yoshli bola uyida yadroviy reaktorni yig‘di (video)
Amerikaning Tennessi shtati Memfis shahrida istiqomat qiluvchi o‘spirin o‘z uyida mustaqil ravishda ishlaydigan yadroviy reaktorni yig‘ib, Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqda «Unilad» nashri xabar berdi.
12 yoshli Jekson Osvalt 14 yoshida reaktorni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan oldingi rekordchi Teylor Uilsonning yutuqlaridan ilhomlanib, o‘zining yadroviy reaktorini yig‘ishga kirishgan. Endi Osvalt ushbu natijani yangilagan eng yosh rekordchi degan nomga sazovor bo‘ldi.
Yigitchaning ta’kidlashicha, hamma ishni mustaqil bajargan. U loyiha ustida ikki yil mehnat qilgan va ishini orqaga tortgan turli muammolarga duch kelgan.
«Loyiha juda murakkab edi. Men uchun eng qiyini havo o‘tkazmaydigan izolyasiyani tayyorlash bo‘ldi. Buni to‘g‘ri bajarishga yarim yilcha urindim», — dedi Jekson.
Shunga qaramay, Osvalt o‘z ishini davom ettirgan. Ota-onasi ham unga dalda bo‘lishgan. Onasi o‘g‘lining loyihasidan hayajonga tushganini so‘zlab berdi.
«Men uning turli bosqichlarga o‘tishidan oldin hammasini intertenga joyladim», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter