12 mingdan ortiq talaba-qizlarga foizsiz kredit beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator imtiyozlar ajratish haqida topshiriq bergan.
Xususan:
- 8,5 ming nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 83 milliard so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltiriladi;
- viloyatda 500 nafar ehtiyojmand ayollarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar beriladi;
- ijarada yashayotgan 785 nafar ayollarga kompensatsiya ajratiladi, 112 nafar muhtoj va uy-joysiz yolg‘iz ayollar ijtimoiy uylarga joylashtiriladi;
- 4 ming 700 nafar yolg‘iz va muhtoj ayollarning farzandlari uchun davlat bog‘chalari to‘lovi budjetdan qoplab beriladi;
- yangi o‘quv yilidan 12 ming 410 nafar talaba-qizga kontrakt to‘lovi uchun foizsiz kreditlar berish boshlanadi;
- yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada kontrakt asosida o‘qiyotgan 702 nafar talaba-qizlarning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter