11-sentyabr kuni olingan maxfiy fotosurat e’lon qilindi
AQSh razvedka xizmati 2001-yil 11-sentyabr teraktidan keyin olingan fotosuratni e’lon qilishdi. Arxivdagi ushbu foto avval hech qachon e’lon qilinmagan, deyiladi idoraning Twitter-akkauntida.
Hujum joyidan olingan surat operativ xizmatlarning Nyu-Yorkdagi vayronalarda qanday ishlaganini ko‘rsatadi.
Fotosurat «Biz hech qachon unutmaymiz» xeshtegi bilan joylangan.
2001-yil 11-sentyabrda «Al-Qoida» terrorchilari samolyotlarni o‘g‘irlab, egizak binolar va Pentagonga hujum qilishdi.
Teraktlarda qariyb 3 ming kishi qurbon bo‘ldi. Bu terakt qurbonlar soni bo‘yicha tarixdagi eng yirik hujum edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter