11 nafar bo‘lajak hoji halok bo‘ldi
Sudanda bo‘lajak hojilarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Haber7.com» sayti.
Sudanning «Ash-Shuruq» televideniyesi xabariga ko‘ra, hajga otlangan fuqarolarni Savakin portiga olib ketayotgan avtobus Atbara shahrida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar esa zudlik bilan Atbara shahridagi shifoxonalarga yotqizilgan. Ularning soni haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter