Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 yoshdan oshgan yaponlar soni 92 ming 139 nafarga yetdi

100 yoshdan oshgan yaponlar soni 92 ming 139 nafarga yetdi

freepik.com/photos

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan keksalar soni ilk bor 92 mingdan oshdi, deya xabar bermoqda «TASS» Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumotiga tayanib.

Hozirda kunchiqar mamlakatda 100 yoshdan oshgan 92 ming 139 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Yaponiyada 50 yildan oshdiki bir asrdan ortiq yashayotgan odamlar soni ortib bormoqda. Bu yil mamlakatda 100 yoshdan oshganlar soni 1,5 ming nafarga ko‘paydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ro‘yxatga olingan barcha yuz yoshlilarning 89 foizi ayollar bo‘lib, ular orasida kunchiqar mamlakatining eng keksa fuqarosi – osakalik 116 yoshli Fusa Tatsumi ham bor. Shu bilan birga, eng keksa erkak sifatida 111 yoshli Gisaburo Sonobe tan olindi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 47ming 107 kishi o‘zining 100 yilligini nishonlaydi. Hukumat ularga tabrik maktublari va esdalik sovg‘alarini yuboradi.

Bunday natijaga yaponlar qanday erishmoqda? Gap shundaki, Yaponiyada 1963-yilda qariyalarni ijtimoiy ta’minlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng yuz yoshlilar soni ortib bormoqda. O‘sha paytgacha mamlakatda 100 yoshdan oshgan 153 nafar inson bor edi. 1981-yilda ularning soni mingdan oshdi, 1998 yilda – 10 ming, 2012-yilda esa 50 ming nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring