100 nafar o‘quvchi ilon go‘shti qo‘shilgan ovqatdan kasallandi — Hindiston

Hindistonlik 100 nafar bola maktabda ilon go‘shti qo‘shilgan ovqatdan zaharlandi, deb xabar berdi Metro.
Davlat maktabida sodir bo‘lgan voqeadan g‘azablangan ota-onalar katta yo‘lni to‘sib qo‘yganidan so‘ng Inson huquqlari milliy komissiyasi (NHRC) surishtiruv boshladi.
«Agar xabar tasdiqlanib, ilon go‘shtidan ovqat tayyorlangani isbotlansa, o‘quvchilarning huquqlari jiddiy buzilgani ayon bo‘ladi», — deyiladi komissiya bayonotida.
Komissiya politsiyaga hodisa yuzasidan batafsil hisobot tayyorlashni topshirdi.
Mahalliy odamlar tergov hodisaga oydinlik kiritishiga va kelgusida bu kabi holatlarning oldi olinishiga umid qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter