100 milliard dollar boyligi bo‘lgan birinchi ayol paydo bo‘ldi
Dunyoda boyligi 100 milliard dollarga yetgan birinchi ayol L’Oréal kompaniyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur Mayers bo‘ldi.
Bloomberg milliarderlar indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni uning boyligi 100,2 milliard dollarga ko‘tarildi, bunga bobosi tomonidan 1909 yilda asos solingan L’Oréal aksiyalarining rekord darajadagi yuqorilashi yordam berdi.
70 yoshli Fransuaza Betankur Mayers qiymati 268 milliard dollarga baholanadigan kompaniya raisining o‘rinbosari hisoblanadi. U va uning oilasi 35% aksiyalarga egalik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter