Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabrdan maktab direktorlariga katta huquq beriladi

1-sentyabrdan maktab direktorlariga katta huquq beriladi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» Qaroriga asosan 2022-yilning 1-sentyabridan boshlab xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga budjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi beriladi. 

Mazkur qaror qabul qilingunga qadar xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foiz miqdorida to‘lab kelingan bo‘lib, yangi tartib bo‘yicha ushbu miqdor 1 foiz etib belgilandi.

Ya’ni muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari daromadlari 24 foizga ko‘payishiga erishiladi.

Misol uchun, Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan 307-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2021 yil davomida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 2,4 mlrd. so‘m mablag‘ni xodimlariga qo‘shimcha ish haqi, ustama va mukofotlarga yo‘naltirgan bo‘lib, shundan 482 mln. so‘m ijtimoiy soliq to‘lovlarini tashkil etgan. Endilikda esa, joriy yilda ham shu miqdordagi mablag‘larni xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiradigan taqdirda maktab ixtiyorida yangi imtiyozlar hisobiga qo‘shimcha 462,5 mln. so‘m mablag‘ qolib, atigi 19,5 mln. so‘m ijtimoiy soliq uchun to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘larni yashirgan, shuningdek, xodimlarga norasmiy ish haqi to‘lagan xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Avvalroq, umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ustama to‘lanishi ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring