Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-oktyabrdan bankomatlar faqat so‘mda pul chiqaradi

1-oktyabrdan bankomatlar faqat so‘mda pul chiqaradi

Bankomatlar 1-oktyabrdan boshlab faqat milliy valyutada naqd pul chiqarib beradi. Bu haqda «Ipak yo‘li» bankining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqrog‘i, O‘zbekistonda 1-oktyabrdan boshlab bankomatlar naqd xorijiy valyuta berishni to‘xtatadi. Hozir Visa, MasterCard, UnionPay kabi xalqaro to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarning dasturiy ta’minotlarini qayta sozlash ishlari boshlangan.

Naqd xorijiy valyuta kerak bo‘lganda mijozlar ayirboshlash shoxobchalariga murojaat qilishlari yoki xalqaro to‘lov kartalari va pasporti bilan bank kassalariga kelib, kartadagi xorijiy valyutani naqd yechib olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring