1 oktyabrdan «ijtimoiy karta» joriy etiladi
Yig‘ilishda «Muruvvat» uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, sog‘lomlashtirish va nogironligi bor shaxslarga qaraydiganlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘p tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.
Bu orqali, yana 60 ming ehtiyojmand aholi ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi, ularga qarayotgan 3 ming kishi o‘qitiladi.
Hozirda nafaqa olayotgan, lekin mehnat qilib, daromad olish istagida bo‘lgan 660 ming aholi uchun zarur sharoitlar yaratilishi ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
1 oktyabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni «ijtimoiy karta» orqali moliyalashtirishni joriy etiladi.
Bunda, eng avvalo, «Saxovat va ko‘mak», «Ayollar», «Yoshlar» daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi.
Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter