Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 oktyabr – bayram arafasida necha kun dam beriladi?

1 oktyabr – bayram arafasida necha kun dam beriladi?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni ishlanmaydigan bayram hisoblanadi.

Bu yil 1 oktyabr yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda, yakshanba esa umumiy dam olish kuni.

Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelganda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Ya’ni, xodimlar 1 oktyabr bayram bo‘lganligi uchun dam oladi, yakshanba dam olish kuni esa dushanbaga ko‘chiriladi.

Shunda:

  • 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 3 kun – 30 sentyabr (shanba), 1 oktyabr (yakshanba) hamda 2 oktyabr (dushanba) dam oladi.
  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 2 kun – 1 oktyabr (yakshanba) hamda 2 oktyabr (dushanba) dam oladi.

Ushbu qoida barcha xodimlar uchun – xususiy korxonalarda ishlaydiganlar uchun ham, davlat ishida ishlaydiganlar uchun ham amal qiladi.

Uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash zarurati bo‘lgandagina dam olish kuni ko‘chirilmaydi.

Ushbu qoida Prezidentning 2022 yil 23 dekabrdagi Farmonida ham belgilab qo‘yilgan.

Oylik bayramdan keyin beriladimi?

Oylik (ish haqi) to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi.

Oylik to‘lash muddati jamoa shartnomalarida belgilanadi, aksariyat jamoa shartnomalarida oylik beriladigan kun sifatida yangi boshlangan oyning 1-kuni belgilangan, shunday holatlarda oylik 1 oktyabrdan oldin to‘lanishi kerak.

Oylik olish vaqti kechiktirilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring