Toshkent metrosi bayramdan tashqari dam olish kunlari uchun ish jadvalini e’lon qildi

Toshkent metrosi yangi yil bayrami uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakatlanish jadvalini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- 28, 30, 31-dekabr kunlari metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda;
- 29 dekabr va 2025-yil 1, 2-yanvar kunlari poyezdlar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalga ko‘ra harakatlanadi.
Shuningdek, 4-yanvar - shanba kuni barcha uchun ish kuni va bu kunda metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 31-dekabr sanasida Toshkent metropoliteni bekatlari odatdagidan 2 soatga ko‘proq vaqt davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi yuzasidan rasmiy xabar taqdim etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter