1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
2023-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhi Norma.uz portali tomonidan taqdim etildi.
Ota-onalarni farzandlarining ta’limi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha daromad solig‘idan ozod etishadi
Farzandlarning respublika ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.
Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talab
Endilikda ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
Davlat organlari rahbarlari ITga o‘qitiladi
Davlat organlarining birinchi rahbarlari Davlat boshqaruvi akademiyasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
Yoshlar uchun ajratilgan mikroqarz va subsidiyalarni bank kartasiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi
Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida hamda «Yoshlar daftari» hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Davlat organlarining IT-sohasida ishlovchi malakali xodimlariga ustamalar to‘lanadi
AKT sohasidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi.
Tibbiyot muassasalarida – yangi shtat birliklari
Quyidagi lavozimlar joriy etilmoqda:
- tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘linmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan – tibbiy psixolog;
- statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
- statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – amaldagi shtatlar doirasida qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.
Tadbirkorlar hisob raqamidan mablag‘larni noqonuniy ravishda yechganlik uchun – jinoiy javobgarlik
11 avgustdan tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Uchta qonun kuchga kirmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter