Osiyo Kubogida sensatsion start
Birlashgan Arab Amirliklarida start olgan Osiyo Kubogi sensatsion o‘yinlarga boy bo‘lmoqda.
Dastlab, «A» guruhi vakillari BAA va Bahrayn terma jamoalari musobaqani ochib berishdi.
Mezbon jamoa g‘alabasi taxmin qilingan bahsning 79-daqiqasida bahraynlik Romayhiy gol urib, stadionda yig‘ilgan minglab muxlislarni «shok»ka tushirib qo‘ydi.
88-daqiqaga kelibgina BAA terma jamoasi biroz shubhali penaltidan muvozanatni tiklab, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
A guruhi, 1-tur
BAA – Bahrayn 1:1
Gollar: Ahmad Xalil (88 pen.) – Romayhiy (79)
«A» guruhining ikkinchi o‘yinida Hindiston syurpriz taqdim etdi.
Guruhda autsayder sanalib kelinayotgan Hindiston terma jamoasi kutilmaganda Tailandni 4:1 hisobida tor-mor etdi.
Bu g‘alabadan so‘ng hindistonliklar guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Durang o‘ynagan BAA va Bahrayn ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga joylashishgan.
A guruhi, 1-tur
Tailand – Hindiston 1:4
Gollar: Terasil Dangda (33) – Sunil Chhetri (27, 46), Anirudh Thapa (68), Jeje Lalpekhlua (80)
Kecha, 6 yanvar kuni Osiyo Kubogining «B» guruhida ham 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bu guruhda ham kutilmagan qayd etildi.
Nafaqat guruhning, balki turnirning favoritlaridan biri sanalgan Avstraliya kutilmaganda Iordaniyaga yengildi.
26-daqiqada Anas Bani Yasin tomonidan bosh bilan urilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi.
B guruhi, 1-tur
Avstraliya – Iordaniya 0:1
Gol: Anas Bani Yasin (26)
«B» guruhining ikkinchi bahsida Suriya va Falastin terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi va bu o‘yinda hisob ochilmadi.
Shu tariqa, «V» guruhida vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. Iordaniya (3 ochko); 2. Suriya (1); 3. Falastin (1), 4. Avstraliya (0).
B guruhi, 1-tur
Suriya – Falastin 0:0
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter